ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Mahmudxoʻja Behbudiy: Turkiston jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, milliy maʼrifat rahnamosi

Mahmudxoʻja Behbudiy: Turkiston jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, milliy maʼrifat rahnamosi

Mahmudxoʻja Behbudiy: Turkiston jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, milliy maʼrifat rahnamosi
21-yanvar, 2025

Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi—Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida dunyoga kelgan.

Dastlab Samarqand madrasasida, soʻng Buxoroda tahsil olgan. Anʼanaviy tahsil, soʻng esa oʻz ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u shariatning yuksak maqomlari – qozi, mufti darajasigacha koʻtariladi. 1899–1900-yillarda Behbudiy buxorolik doʻsti Hoji Baqo bilan haj safariga chiqadi. Behbudiy safar chogʻida koʻp ajobiy hodisalarga guvoh boʻldi. Xususan, safarda u yangi maktab haqidagi qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbusi va gʻayrati bilan 1903-yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi, Rajabamin, qishloqlarida yangi maktablar tashkil topadi. Adib ushbu maktab­lar uchun darsliklar tuzishga kirishadi.  

1912-1913-yillarda Behbudiy Samarqandda “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnaliga asos soladi. Shuningdek, Behbudiy o‘zbek va fors tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, “Risolai asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”, 1904), “Risolai jug‘rofiyai umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”, 1905), “Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”, 1903), “Kitob-ul-atfol” (“Bolalar xati”, 1904), “Muxtarasi tarixi islom” – “Qisqacha islom tarixi”(1904). “Amaliyoti islom” (1905), “Rusiyaning qisqacha geografiyasi” (1908) kabi darslik va kitoblar yozgan. Behbudiy adib sifatida “Padarkush” dramasini yaratgan. 1913-yilda Samarqand shahrida nashr etilgan bu dramada u yoshlarning ilmli, madaniyatli bo‘lishi lozimligini qayd etgan.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar