
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini aholiga yetkazish, aholini kambag‘allikdan chiqarishda “yangi jamoat ruhi”ni yaratish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.


