ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. “ODAMLARGA ISHONISH KERAK!”

“ODAMLARGA ISHONISH KERAK!”

“ODAMLARGA ISHONISH KERAK!”
10-fevral, 2025

Ishdan qaytishda non olmoqchi bo‘lib, bir nechta novvoyxonalardan o‘tib keldim. Nogoh yo‘l chetida turgan “Non” yozuvini ko‘rib to‘xtadim. Kolyaskada usti o‘ralgan non va “4000” degan yozuv bor. Ammo sotuvchi yo‘q. Shu atrofdagi to‘rt beshta darvozani taqillatdim, hech kim chiqmadi, chiqqaniyam bizga tegishli emas, deyishdi. Nima qilishni bilmay tursam, bir yigit: “aka nonni olib, pulni qo‘yib ketavering” dedi. Non o‘ralgan adyolni ko‘tardim, dimog‘imga gup etib issiq non tafti urildi. Boz ustiga o‘zim yaxshi ko‘radigan chapchak non ekanligi uchun garchi ehtiyoj 4 ta bo‘lsa ham 10 ta olib, pulini adyol tagida qoldirdim. 10 ta nonning puli ustiga yana o‘n ming qo‘shib ham qo‘ydim.

Uyga kelib endi kiyim almashtiraman deganimda, bir do‘stim telefon qilib chaqirib qoldi. Zarur ish dedi. Tezda yetib bordim, ish bitgach yana o‘sha non turgan joydan o‘tishga to‘g‘ri keldi. Qarasam, bir o‘smir yigitcha turgan ekan. Non tugagan. Men unga yarim soat oldin non olmoqchi bo‘lganimni, ammo hech kim yo‘qligi uchun ketib qolganimni aytib, nega shu yerda turmaysan, dedim. Nonni birov indamay ko‘tarib ketsa, nima qilarding, deya tanbeh ham bergan bo‘ldim. U esa novvoyxonada o‘zi va akasi ishlashini, nonni qo‘riqlab o‘tirishga vaqti yo‘qligini, hali shu paytgacha nonning puli hech kam chiqmaganligini aytarkan, odamlarga ishonish kerak, dedi. 

Nonni sotib bo‘psan, nega ketmayapsan, desam, e, aka, kimdir o‘n ming ortiqcha pul tashlab ketibdi, adashib bergani esiga tushsa, qaytib kelar, deb turibman, dedi... 

Yosh bolaning toza qalbi, ishonchi, beg‘uborligini ko‘rib, shubha gumonlarga borganimdan, uni sinamoqchi bo‘lganimdan uyalib ketdim. Asta moshina tomon yurarkanman, dunyoning buzilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan bu yigitchaning gaplari miyamni, vujudimni egallab olgan edi: “ODAMLARGA ISHONISH KERAK!”

Facebookdan olindi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar