ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. “Xatti Boburiy”da ko‘chirilgan Qur’on qo‘lyozmasi qayerda?

“Xatti Boburiy”da ko‘chirilgan Qur’on qo‘lyozmasi qayerda?

“Xatti Boburiy”da ko‘chirilgan Qur’on qo‘lyozmasi qayerda?
14-fevral, 2025

Ulug‘ davlat arbobi, shoir va olim Zahiriddin Muhammad Bobur Qur’oni karimga va islomiy ilmlarga ulkan ehtirom bilan yondashgan. Uning ikki farmonida 50 dan ortiq oyati karimalar keltirilgan bo‘lib, bu buyuk shaxsning chuqur bilimli olim va ma’rifatli inson bo‘lganini ko‘rsatadi. Fors tilidagi bu farmonlar tarjima qilinib, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi ko‘magida chop etilgan 6 jildlik kulliyotdan o‘rin olgan.

Bobur Mirzo arab alifbosini soddalashtirgan va uni “Xatti Boburiy” deb nomlagan. Ushbu alifboda Qur’oni karimni ko‘chirtirib, uni Makkai mukarramaga yuborgan. Xatti Boburiyda yozilgan Qur’oni karimning qadimiy qo‘lyozmasi hozirgi kunda Erondagi Mashhad muzeyida saqlanmoqda.  

Bobur Mirzo ilmiy faoliyatini o‘rganishda yangi imkoniyatlarni ochadigan bu nodir nusxa O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi Qur’on bo‘limi ko‘rgazmasidan o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.
 

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar