ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. AQShdagi kutubxonadan Temuriylarga oid Qur’on qo‘lyozmasining yana bir nusxasi topildi

AQShdagi kutubxonadan Temuriylarga oid Qur’on qo‘lyozmasining yana bir nusxasi topildi

AQShdagi kutubxonadan Temuriylarga oid Qur’on qo‘lyozmasining yana bir nusxasi topildi
25-fevral, 2025

AQShdagi yirik kutubxonalardan birida Temuriylar davriga oid Qur’oni Karim qo‘lyozmasining yana bir nusxasi topildi, deb xabar bermoqda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi.

Bu haqda Fransiya Oliy tadqiqotlar markazi professori Karim Ifrak O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan onlayn uchrashuvda ma’lum qildi.

Karim Ifrak 2024-yilda o‘tkazilgan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans asosi” VIII xalqaro kongress hamda Xalqaro madaniy meros haftaligida ishtirok etib, Temuriylar davrida ko‘chirilgan nodir rangli Qur’oni Karim qo‘lyozmasi haqida qiziqarli ma’lumotlar bergan edi. Hozirda mazkur qo‘lyozma Islom sivilizatsiyasi markazi loyihalari qatoriga kiritilgan. Uchrashuv davomida Karim Ifrak AQSHdagi yirik kutubxonalardan birida ushbu qo‘lyozmaning yana bir nusxasi topilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, u "Qur’oni Karimning Temuriylar davri qo‘lyozmalari" mavzusida Markaz bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.  

Muloqotda Islom sivilizatsiyasi markazining katta ilmiy xodimi Azimjon G‘afurov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Izzat Ibrohimov va markaz ilmiy kotibi Rustam Jabborov ishtirok etdi.  

Karim Ifrak kelgusi xalqaro anjumanlarda o‘zining yangi kashfiyotlari bilan ishtirok etishini ta’kidladi. Shuningdek, uning “Islomning payg‘ambari: G‘arblik buyuk olimlar nigohidagi besh asr” nomli yangi kitobi nashrga tayyorlanayotgani ma’lum qilindi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar