ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Kelajakni ishonch bilan shakllantiring

Kelajakni ishonch bilan shakllantiring

Kelajakni ishonch bilan shakllantiring
13-mart, 2025

Har qanday g‘oya  bu eng avvalo bizning shaxsiy kinoteatrimizda ya’ni, miyamizda gavdalanadi. G‘oyaning loyihaga aylanishi uchun anchagina ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. Loyihalarni samarali boshqarish uchun esa innovatsion, zamonaviy yondashuv taqozo etiladi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlar uchun Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha biznes akademiyasi trenerlari ishtirokida loyihalarni boshqarish bo‘yicha o‘quv treninglari bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda “Ernst & Young” biznes akademiyasi treneri Saken Sadvasakov boshchiligidagi jamoa kreativ loyihalar bilan birgalikda audit, konsalting, huquq va strategiyalar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini ulashmoqda. Mavzular xilma–xil va qiziq. Trenerning aytishicha, har qanday tashkilotda  ma’lum loyihani boshqarish orqali yuqori  samaradorlikka erishish mumkin. Qolaversa, jahon amaliyotida ham bunga misollar ko‘p. Muhimi eng foydali va manfaatli yondashuvni tanlay bilish. Ta’kidlash kerakki, bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi yirik loyihalar platformasiga aylanmoqda. Tabiiyki, bu jarayon har bir mutaxassisdan  zamonaviy bilimlarni puxta egallashni, ish faoliyatiga boshqacha yondashishni talab etadi. Shu jihatdan ushbu seminarning ahamiyati yuqori. 

Trening ishtirokchilari  bo‘lgan har bir tinglovchi loyihalar bilan ishlashni, ularni boshqarish kabi ilmiy-amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda. Treningda loyihani amalga oshirish jarayoni, ushbu bosqichda aniq maqsadlarni ko‘zlash, asosiy talab va g‘oyalar, qo‘yingki mavzu bilan bog‘lik barcha mayda detallar haqida ham so‘z bordi. Boisi, uni hayotga samarali tatbiq etishda ularning barchasi muhim o‘rin tutadi. 

4 kun davom etadigan trening yakunida ishtirokchilar o‘zlashtirganlari asosida test topshrishadi va muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikatlar topshiriladi.

Batafsil: https://youtube.com/shorts/pNWsDGNvZ5o?si=pjXGMbPIr1hTapHw 

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar