
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi kasaba uyushmasining navbatdagi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibiga markaz xodimlarining faoliyat samaradorligini oshirish, ichki mehnat intizomi hamda odob-ahloq qoidalari, dam olish kunlarida xodimlar uchun sayohatlar tashkil qilish masalalari qo‘yildi.
Tadbir davomida xodimlar mazkur masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdilar.


