
Xabaringiz bor, yosh vatandoshlar uchun mamlakatimizdagi oromgohlarda “Anor” yozgi dam olish dasturi amalga oshirilmoqda.
Dasturga muvofiq, 3 ta mavsum uchun 112 nafar qamrab olinishi ko’zda tutilgan.
Dastlabki bosqichda Bo‘stonliq tumanidagi “Nihol” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yosh vatandoshlarimiz mavsumni chog’ o’tkazdilar.
Ular uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida o’g’il-qizlarda vatanparvarlik, tarixiy xotira, milliy o‘zlik va jamoaviylik tuyg‘ulari mustahkamlash maqsadida sport musobaqalari, kino namoyishlar, sahna chiqishlari, milliy qadriyatlar asosidagi interaktiv o‘yinlar va ijodiy bellashuvlar o’tkazildi.
Shuningdek, xorijdagi vatandoshlarimizga o‘zbek tilini masofadan turib o‘rganish imkonini beruvchi “O‘zbekistonlikmiz” nomli mobil ilovaning taqdimoti ham o‘tkazildi.


