
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida Samarqand shahri hamda Paxtachi tumanida shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘lim boshliqlari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Mazkur seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 16-iyunda o‘tkazilgan Islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar tahlili bo‘yicha vedioselektor yig‘ilishining mazmun-mohiyatini tushuntirish, joylardagi rahbarlarning ish natijadorligini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
Seminar-treningda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, sotsiologiya fanlari doktori, professor Mavluda G‘afforova, Jamoat xavfsizlik universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Bobur Valiyev, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Husanov, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi dotsenti, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Akmal Xolov ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.
Samarqand viloyati bo’ylab davlat xizmatchilar uchun maxsus seminar-treninglar 12-iyulga qadar davom etadi.


