
Kitob tumanidagi “Nurafshon” bolalar oromgohida ta'tilni chog' o'tkazayotgan o'g'il-qizlarga kitoblar yetkazildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “O‘zbekiston tarixi” telekanali hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida 8 ta tilda tayyorlangan ushbu to‘plamda dunyo tamadduniga munosib hissa qo'shgan ajdodlarimiz haqida eng muhim ma’lumotlar jamlangan. To‘plamdagi tasvirlar sun’iy intellekt yordamida yaratilib, tarixiy voqealar qiziqarli tarzda aks ettirilgan.
Tadbirda mazkur to‘plamning ahamiyati, kelgusida davomli chop etilishi haqida ma’lumotlar berildi.


