ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
16-iyul, 2025

Muloqot davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xodimlari orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Birgalikda qilinadigan ishlar, amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan o'zaro fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchi va xodimlari orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Xususan

- “Yangi ma’naviy makon” konsepsiyasi asosida vazirkning hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida, tuman va shahar bo‘limlarida “Ma’naviyat va ma’rifat xonalari”ni yangi shaklda tashkil etish;

- “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” tizimini takomillashtirish, mashg‘ulot dasturini har yil uchun alohida ishlab chiqish, har bir oyga va haftalarga tematik nomlar berish;

- shaxsiy tarkibga mamlakatimiz va dunyoda bo‘layotgan voqea hodisalarni yetkazish maqsadida, har hafta dushanba kuni “Siyosiy-ma’rifat soati” ko‘rsatuvini vazirlik Markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar shaxsiy tarkibiga, har haftaning juma kuni esa Yong‘in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibiga namoyish etish;

- Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibini kitobxonlikka jalb etish, milliy va jahon adabiyoti durdonalari hamda zamonaviy asarlardan iborat “100 ta kitob” ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek, “Kitobxonlik soati” doirasida shaxsiy tarkibni  kitob o‘qishga keng jalb etish;

- hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarning markaziy apparatlarida mavjud kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish, tuman va shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlarida, yong‘in-qutqaruv qismlarida kutubxona yoki “Ma’rifat burchagi”ni namunali tashkil etish;

- harbiy xizmatchilar va xizmatchilarda o‘z kasbiga g‘urur va faxrlanish bilan qarash, jamoada sog‘lom muhit va hamjihatlikni ta’minlash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish maqsadida, eng sara milliy va jahon kino san’ati asarlari ro‘yxatini shakllantirish hamda “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida shaxsiy tarkibga namoyish etish;

-   yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni tarannum etuvchi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an’analar, yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, insonparvarlik kabi g‘oyalar asosida tarbiyalovchi, yurtimizning buyuk siymolari, xalq dostonlari, hikoya va qissalar asosida tayyorlangan spektakllar ro‘yxatini tuzish va har oyning uchinchi shanba kuni shaxsiy tarkibni teatrlarga jalb etish;

- Tizimda yirik ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni o‘tkazish, vazirlik ansambli va orkestri uchun ijod maydonini yaratish, shaxsiy tarkib va ularning oila a’zolari uchun turli to‘garaklar tashkil etish, vazirlik faxriylariga doimo yuksak ehtirom ko‘rsatish imkonini beruvchi vazirlikning “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” faoliyatini tashkil etishda hamkorlik qilish belgilab olindi.


 

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar