
Farg'ona viloyati Ahmad Farg‘oniy nomidagi axborot kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “O‘zbekiston tarixi” telekanali hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida 8 ta tilda tayyorlangan “Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Ushbu to‘plamda dunyo tamadduniga munosib hissa qo'shgan ajdodlarimiz haqida eng muhim ma’lumotlar jamlangan. To‘plamdagi tasvirlar sun’iy intellekt yordamida yaratilib, tarixiy voqealar qiziqarli tarzda aks ettirilgan.
So‘zga chiqqanlar kitobning qulayligi, bugungi zamonaviy ko'rinishga xosligi, barcha uchun birdek mo'ljallanganligi haqida aytib o'tishdi. Ishtirokchilarga esdalik sifatida ushbu kitoblar tarqatildi.


