
Mudofaa vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Yelkamda Vatanning yuki bor” nomli kitob-albom tayyorlandi. “Millat fidoyilari” turkumida vazirlik tizimidan Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan 23 nafar askar va zobitlar haqidagi ushbu kitob-albomni tayyorlashda Mudofaa vazirligi markaziy arxivida saqlanayotgan hujjatlari, qahramon o‘g‘lonlarning oila a’zolari, yaqinlari va safdoshlarining xotiralari, suratlari asosli manba bo‘ldi. Va xalqimizning shonli farzandlari hayot yo‘lini kengroq yoritib berishga harakat qilindi.
“Millat fidoyilari” xiyobonda ushbu kitob-albomning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


