
Respublika ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati, yoshlar bandligi, tadbirkorlik va ijtimoiy masalalar o‘rganildi.
O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, sohaga mas’ullar ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbir davomida bu yo'nalishdagi ishlarni tizimli tashkil qilish, mavjud muammolarga maqbul yechim topish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, taklif va tavsiyalar berildi.


