
Poytaxtimizda ayni mavzuda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda, Qozog‘iston, Qirg‘isizton, Tojikiston, Xitoy, Rossiya, AQShdan olimlar, ekspertlar hamda xorijiy hamkor tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.
Umummilliy totuvlik, hamjihatlikni ta’minlash sohasida alohida xizmatlari uchun 50 nafarga yaqin yurtdoshimiz “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
“O‘zbekiston – yagona Vatan!” shiori ostidagi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan “Do‘stlik” festivali tadbirlari mamlakatdagi ko‘p millatli jamiyatning yakdilligi va hamjihatligi, millatlararo munosabatlarning do‘stona asosda rivojlanib borayotganining yorqin ifodasidir.


