
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyatida “Umummilliy birdamlik festivali” davom etmoqda.
Festival doirasida Paxtachi tumani Madaniyat markazida “Maslahat oshi” loyihasi amalga oshirildi.
“Maslahat oshi” loyihasi doirasida jamiyatda milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy hayot talablariga mos holda davom ettirish, isrofgarchilikning oldini olish, ijtimoiy birdamlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash maqsadida oilaviy marosimlar madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ochiq muloqot va targ‘ibot ishlari olib borildi.


