
Qarshi tumanidagi madaniyat markazida Qarshi tumani hokimi Zoir Allaqulov hamda respublikadan kelgan mehmonlar ishtirokidagi uchrashuv o’tkazildi. Aholi va poytaxtdan kelgan mehmonlarning kutilgan uchrashuvi bayramga aylanib ketdi. Vatan haqida she’rlar, kuy-qo’shiqlar yangradi.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida Qashqadaryo viloyatida “Farovon hayotga ilk qadam”, “Dildagi gaplar”, “Umummilliy birdamlik”, “Maslahat oshi” kabi o‘nlab loyihalar amalga oshirilishi, shuningdek, hududlarda “Shijoat” vanparvarlik loyihasi, “Kitob marafoni” aksiyalari o’tkazildi. Festival so'ngida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" konsert dasturlari bo'lib o'tdi.


