
To‘y-hasham, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar har bir millatning ma’naviy hayotini belgilab beruvchi omillardir. Shu bois, bunday tadbirlarda ortiqcha dabdababozlik va yangicha urf-odatlarga berilish jamiyatning og‘riqli nuqtasi hisoblanadi.
“O‘zbektelekom” AKda ijroiy apparat hamda “TvaPRM” filiali xodimlari, yoshlar yetakchilari va faol yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqartirish va yoshlar tarbiyasiga qaratilgan targ‘ibot” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ham ayni shu masalalar muhokama qilindi.
Unda falsafa fanlari doktori, professor “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zosi Jamila Shermuhammedova o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.


