
#Umummilliy_birdаmlik
#Toshkent_shahar
🇺🇿VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!
Uchtepa tuman hokimligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi, Milliy gvardiya Toshkent shahar boʻlinmasi bilan hamkorlikda tumandagi harbiy qismda yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy armiyamizga hurmat, jismoniy va maʼnaviy tayyorgarlik ruhini shakllantirish maqsadida “Shijoat” vatanparvarlik loyihasi amalga oshirildi.
Loyiha doirasida Milliy gvardiya fahriylaridan zahiradagi podpolkovnik Joʻrayev Mardonqoʻl, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Uchtepa tuman boʻlinmasi rahbari Norqobilova Saodat, hamda harbiy askarlar ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda harbiy askarlar tomonidan Vatan haqida kuy-qo'shiqlar yangradi.


