
“Vatan” qo‘shiqlar to‘plami loyihasining taqdimot-konserti bo‘lib o‘tdi.
Loyiha mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan tashkil qilinib, bir qator san’atkorlar, shoirlar, bastakorlar hamkorligida yaratildi.
Musiqalar premyeradan so‘ng 170 dan ziyod musiqiy platformalarda, jumladan, Yandex Music, Apple Music, Spotify, YouTube kabilarda e’lon qilinmoqda.
Umid qilamizki, qo‘shiqlar yoshlarimizning playlistidan munosib o‘rin oladi.
Quyida Yandex Music havolasi orqali o‘tib, qo‘shiqlarni tinglashingiz mumkin.
https://music.yandex.uz/album/37953347


