
#Maʼnaviyat_festivali
#AQSh
O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan AQSHning Nyu-York shtatida bayram dasturlari ko’tarinki ruhda o’tkazilmoqda.
O’zbekistondan borgan bir guruh ziyolilar, Jamoat tashkilotlari vakillari va AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida shaharning dunyodagi eng yirik biznes markazlari joylashgan Val koʻchasi (Wall Street Bull)da O’zbekiston bayrog’i ko’tarildi.
Respublika Manaviyat va ma'rifat markazi, 🇺🇿“Ma'rifat” targ'ibotchilari jamiyati a'zolari tomonidan mustaqilligimizning 34 yilligiga bag'ishlab kuylangan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" qo'shig’ining premyerasi keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini 34 yilligi munosabati bilan AQSH da istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun tadbirlar ko'tarinki ruhda o'tkazilmoqda.
AQSH bo’ylab Ma’naviyat festivali davom etadi.


