
#taqdimot
Markaz tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda davlat va jamoat arbobi, taniqli olim Rustam Sobirovich Qosimovning yorqin xotirasiga bag’ishlangan tadbir tashkil qilindi. Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida bo’lib o’tgan tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillari, davlat va jamoat arboblari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, olimlar va ziyolilar ishtirok etdi.
Shuningdek, olimning ibratli hayoti va faoliyati haqida tayyorlangan “Rustam Qosimov zamondoshlari xotirasida” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi.


