
Dunyodagi har bir xalqning jahonda borligi, keskin raqobat sharoitida rivojlanishga qodirligini ta’minlaydigan, el-yurtni birlashtirib, buyuk maqsadlar sari safarbar etadigan bir buyuk kuch borki bu ham bo‘lsa yuksak ma’naviyat va ona yurtga fidoyilikdir.
O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamaotchilik kengashi a’zolari ishtirokida vatanimiz tinchligi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan qahramon yigitlarimiz yod etildi. Ularning so‘nmas jasorati, metin irodasi yosh harbiy xizmatchilarga o‘rnak qilib ko‘rsatildi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun "Liderlar" kitobini taqdimoti o‘tkazildi. Unda lider kim degan savolga misol qilib olingan ulug' bobolarimiz ortidan ergashish, kerak bo'lsa ulardanda bilimliroq bo'lmog'imiz, kerakligini yoshlarga ta'kidlab o'tildi va muallifning o'z imzosi bilan kecha mehmonlari hamda kursantlarga kitoblar ulashildi.
Yakunda harbiy xizmatchilar tomonidan sahnalashtirilgan “Jadidlar" nomli teatr sahnasi namoyish etildi.


