ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Shahidlar xotirasi maydonida talabalar va oʻquvchilar ishtirokida qatagʻon qurbonlari xotirasi yuksak ehtirom bilan yod etildi

Shahidlar xotirasi maydonida talabalar va oʻquvchilar ishtirokida qatagʻon qurbonlari xotirasi yuksak ehtirom bilan yod etildi

Shahidlar xotirasi maydonida talabalar va oʻquvchilar ishtirokida qatagʻon qurbonlari xotirasi yuksak ehtirom bilan yod etildi
08-sentabr, 2025

Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, ularning nomini eʼzozlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahridagi Shahidlar xotirasi maydonida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari Botu Alimov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori va “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi Baxtiyor Xasanov soʻzga chiqdilar. Shuningdek, ustozlar, talabalar hamda maktab oʻquvchilari ham tadbirda faol ishtirok etdilar.

Oʻz nutqlarida maʼruzachilar siyosiy qatagʻon yillari qurbon boʻlgan yurtdoshlarimizning jasorati, ularning milliy ozodlik va mustaqillik yoʻlidagi fidoyiligini yodga olib, bu tarixiy haqiqatni avloddan-avlodga yetkazish muhim vazifa ekanini taʼkidladilar.

Xususan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov oʻz nutqida mustaqillikning 34 yillik bayrami va yangi oʻquv yili munosabati bilan ishtirokchilarni tabriklab, qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish – har bir avlodning muqaddas burchi ekanini alohida qayd etdi.

“Qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularning jasorati va ibratli hayotidan oʻrnak olish – har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir. Bugungi tinch va obod kunlar qadriga yetish, qurbon boʻlgan yurtdoshlarimiz ruhini shod etish bizning muqaddas burchimizdir”, – dedi O.Mahkamov.

Tadbir doirasida ishtirokchilar Qatagʻon qurbonlari muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdilar.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar