ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. MAFKURAVIY TAHDIDLARNING MA’NAVIY JARAYONLAR RIVOJIGA TA’SIRI VA UNI OLDINI OLISH MEXANIZMLARI

MAFKURAVIY TAHDIDLARNING MA’NAVIY JARAYONLAR RIVOJIGA TA’SIRI VA UNI OLDINI OLISH MEXANIZMLARI

MAFKURAVIY TAHDIDLARNING MA’NAVIY  JARAYONLAR RIVOJIGA TA’SIRI VA UNI OLDINI OLISH MEXANIZMLARI
12-sentabr, 2025


“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Mafkuraviy tahdidlarning ma’naviy jarayonlar rivojiga ta’siri va uni oldini olish mexanizmlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Bugungi kunda jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ma’naviy bo‘shliqlarni to‘ldirish, aholining ma’naviy immunitetini kuchaytirish uchun sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish zarur. Shu nuqtai nazardan, bunday ilmiy-amaliy konferensiyalar sohaning rivojiga amaliy turtki beradi. Shuningdek, zamonaviy targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish, global ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni muntazam tahlil qilib borish sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning asosiy vazifalaridan biridir.

Konferensiyada Yangi O‘zbekiston sharoitida kechayotgan ma’naviy jarayonlar rejali, tizimli va istiqbolli tarzda yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda jamiyatda barqaror ma’naviy immunitetni shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy targ‘ibot texnologiyalarini joriy etish muhimligini alohida qayd etildi. Ta’kidlanganidek, ushbu anjumanda muhokama qilingan ilmiy tadqiqotlarning amaliyotga tatbiq etilishi konferensiyaning eng katta yutug‘iga aylanishi lozim.

Mazkur ilmiy-amaliy anjuman jamiyatdagi ma’naviy muhitni tahlil qilish, zamonaviy targ‘ibot texnologiyalari va ma’naviyat sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning holati hamda samaradorligini baholash, shuningdek, ularning yechimlarini ishlab chiqishga qaratildi. Anjumanda jamiyat birdamligini ta’minlovchi omillar, xalqparvar davlat barpo etishda ijtimoiy faol fuqarolikning o‘rnini mustahkamlash, taraqqiyotga olib boruvchi ustuvor qadriyatlarni aholi ongiga singdirish va ma’naviy muhitni barqarorlashtirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy muhokamalar o‘tkazildi.

Konferensiya doirasida yoshlarda ma’naviy immunitetni shakllantirish, zamonaviy targ‘ibot texnologiyalarining ta’sirchan shakllari va ularning milliy hamda ma’naviy muhit bilan uyg‘unligi kabi mavzular ham keng muhokama qilindi.

Konferensiya quyidagi 5 ta sho‘‘ba yo‘nalishlarida ish olib bordi:

  1. Mafkuraviy tahdidlar fenomeni: tabiati, turlari va salbiy oqibatlari – zamonaviy tahdidlarning xususiyatlari, radikalizm, ekstremizm va boshqa mafkuraviy xatarlarning kelib chiqishi hamda ularning jamiyatga ta’siri tahlil qilindi.
  2. Yangi O‘zbekiston sharoitida mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari – Yangi O‘zbekistonda mafkuraviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosati, huquqiy asoslar va amaliyotdagi mexanizmlar muhokama etildi.
  3. Yangi O‘zbekistonda ma’naviy jarayonlar va ularga qarshi tahdidlar – ma’naviy taraqqiyotning hozirgi tendensiyalari va uning ichki-tashqi tahdidlar bilan bog‘liq jihatlari o‘rganildi.
  4. Mafkuraviy tarbiya bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar: muammo va yechimlar – mafkuraviy tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ulardagi muammolar va yechimlar yuzasidan fikr almashildi.
  5. Avlodlar uzviyligi – mafkuraviy barqarorlik kafolati – texnologiyalar asrida avlodlar o‘rtasida ma’naviy merosni asrash va uzviylikni ta’minlash orqali mafkuraviy barqarorlikka erishish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu anjumanda nafaqat nazariy va metodologik yondashuvlar, balki amaliyotga tatbiq etish mumkin bo‘lgan taklif va tavsiyalar ham ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Konferensiyada so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan qo‘yilgan muammolar va taklif etilgan yechimlar, ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda targ‘ibot texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashinuvlar, nazariy xulosalar bilan amaliyotni uyg‘unlashtirishga qaratilgan tashabbuslar mamlakatimizda ma’naviy muhitni yanada yaxshilash va ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Anjumanning munozaralar qismi qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Konferensiya ishida professor-o‘qituvchilar va amaliyotchi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar faol ishtirok etdilar.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar