
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Mustaqilligimizning 34 yilligi oldidan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan “Umummilliy birdamlik festivali” to‘g‘risida MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramini munosib nishonlash, chekka tumanlardagi mahallalar va ovullarda yangi milliy ruhiyatni yanada kuchaytirish hamda jamiyat birdamligini ta’minlash maqsadida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avgust oyida “Umummilliy birdamlik festivali” o‘tkazildi.
Festival doirasida 10 ta ijtimoiy loyiha, xususan, “Inson qadri”, “Farovon hayotga ilk qadam”, “Shijoat”, “Umummilliy birdamlik”, “Dildagi gaplar”, “Baxtli bolalik sharafiga”, “Kitob marafoni”, “Maslahat oshi” kabi loyihalar, “Qasamyod” spektakli, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida gala-konserti tashkil qilindi. Olimlar, ziyolilar, shoir-yozuvchilar, madaniyat va san’at vakillaridan iborat 79 nafar respublika hamda 254 nafardan ziyod mahalliy targ‘ibotchi jalb qilindi, 100 ta tuman (shahar)dagi 1412 ta mahallada 284 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, 2 mln 11 ming 365 nafar aholi qamrab olindi.
“Kitob marafoni” loyihasi doirasida hududlardagi yosh kitobxonlarga 10 500 dan ortiq kitob tarqatildi.
“Umummilliy birdamlik festivali” tadbirlari OAVda hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borildi. Jumladan, Markaziy telekanallarda 61 ta va mahalliy telekanallarda 102 ta lavha efirga uzatildi.
Ma’naviyat festivali ilk bora AQSh da ham bo‘lib o‘tdi. Unda vatandoshlarimiz o‘zgacha shijoat bilan ishtirok etdi.
Ta’kidlash kerak, Festival doirasidagi tadbirlarda inson manfaati yo‘lidagi islohotlar samarasi yana bir karra e’tirof etildi. Xalqimizning yurtga daxlorlik hissi, orzu-maqsadlari, intilishlari o‘z ifodasini topdi.


