
Samarqand shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublikamiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" g’oyasi ostida milliy va vatanparvarlik qadriyatlarini asrab-avaylash, targ‘ib qilishga qaratilgan “Vatan yagonadir, Vatan bittadir!” nomli eng yaxshi milliy kontent va ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qilgan edi.
Bugun Samarqand shahar hokimligida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
☀️TANLOV G‘OLIBLARI:
☀1-O‘RIN:
Dilrabo Baxtiyorova ,
Samarqand davlat Pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti, "Boshlang‘ich taʼlim" yo‘nalishi talabasi;
☀2-O‘RIN (2ta):
⚡1.Dilafro‘z Aralova,
Samarqand shahridagi 80- maktab o‘qituvchisi o‘quvchilari bilan ;
⚡2. Salohiddin Umarov, Fayoza Narzullayeva, Samarqand tumani Yangijoy mahallasi
fuqarolari.
☀3-O‘RIN (2ta):
⚡ 1.Baxtiyor Mustanov, Samarqand shahri, Shukrona mahallasi fuqarosi;
⚡ 2. Erkin Pardayev , Nurobod tumani Navro‘z mahallasi fuqarosi;
☀ Shuningdek, rag‘batlantiruvchi mukofotga quyidagilar loyiq deb topildi:
⚡ 1.Naima Ochilova, Qo‘shrabot tumanidagi 48-maktab o‘qituvchisi, 2 "B" sinf o‘quvchilari bilan birga.
⚡ 2. Mansur Hasanov, Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi axborot xizmati rahbari.
⚡ 3.Charos Abdullayeva, Samarqand shahridagi 20-maktab direktori o‘rinbosari
⚡4.Azizova Farangiz,
Samarqand shahridagi Prezident maktabi 8 -sinf o‘quvchisi.
☀️ Tanlov g‘oliblari:
1-o’rin I darajali diplom, 12 million so‘mlik VAUChER;
2-o’rin (2ta), II darajali diplom, 8 million so‘mlik VAUChER;
(2ta 4 mln.so‘mlik)
3-o’rin (2ta), III darajali diplom, 6 million so‘mlik VAUChERlar bilan ;
(2ta 3 mln.so‘mlik)
Hamda, rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblari DIPLOM va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
☀️G‘oliblarga diplom hamda vaucherlarni Samarqand shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari, shahar hokimi o‘rinbosari Farhod Nishanov topshirdi.


