
Olmaliq shahar hokimligida Siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi
Bugun Olmaliq shahar hokimligida navbatdagi Siyosiy ma’rifat soati o‘tkazildi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov ishtirok etdi.
O‘quv mashg‘ulotida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• bugungi siyosiy jarayonlar;
• islohotlarning amaldagi ifodasi;
• hududlardagi ijobiy o‘zgarishlar;
• ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor;
• davlat xizmatchilarining daxldorlik pozitsiyasi.
📌 Tadbir davomida ishtirokchilarga dolzarb ma’lumotlar yetkazildi va fikr-mulohazalar almashildi.


