ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. TIZIM XODIMLARI UCHUN SEMINAR-TRENING TASHKIL QILINDI

TIZIM XODIMLARI UCHUN SEMINAR-TRENING TASHKIL QILINDI

TIZIM XODIMLARI UCHUN SEMINAR-TRENING TASHKIL QILINDI
22-sentabr, 2025

Bugungi shiddatli zamonda, globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdidlar, inson ongi va qalbini egallashga bo‘lgan urinishlar tobora ko‘payib borayotgan davrda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, targ‘ibotda yangicha usullarni joriy qilish, ijtimoiy ahamiyati yuqori tashabbuslarni ilgari surish har jihatdan muhim. Albatta bu borada  birinchi navbatda ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul xodimlarni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, malakasini muntazam oshirib borish faoliyat samaradorligiga xizmat qiladi.

Respublika Ma’naviyat markazi tomonidan hududiy  bo‘lim va tuman (shahar) lardagi bo‘linma rahbarlari uchun seminar-treninglar tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan. Bu yil ham 19-21 sentabr kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari hamda tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab har bir hududiy bo‘lim o‘z faoliyati, ilg‘or amaliyot, o‘ziga xos yondashuv yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdi.

Shundan so‘ng har bir xodimning ish faoliyatida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadida dolzarb yo‘nalishlarda, xususan, shaxsiy samaradorlikni oshirish va ish jarayonida proaktiv bo‘lish usullari,  zamonaviy media orqali ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish va yoshlarni milliy qadriyat ruhida tarbiyalashda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va ahamiyati,  sun’iy intellekt va uning hayotimizda tutgan o‘rni mavzularida treninglar o‘tkazildi. 

O‘z navbatida ushbu muloqot platformasi o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlarni birgalikda tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavjud muammolarga samarali yechim topish, maqsadli loyihalarni muhokama qilish hamda oldinda turgan rejalar ko‘rib chiqish imkonini berdi.

Seminar doirasida sportning stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari kubogi final bosqichi tashkil qilindi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar