ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Dunyo yoshlarini birlashtirishga qaratilgan ezgu tashabbus

Dunyo yoshlarini birlashtirishga qaratilgan ezgu tashabbus

Dunyo yoshlarini birlashtirishga qaratilgan ezgu tashabbus
24-sentabr, 2025

Munosabat

Bugungi murakkab geosiyosiy vaziyat, axborot xurujlari va global muammolar yoshlar siyosati oldiga yangi, jiddiy vazifalarni qo‘ymoqda. Shuningdek, global ekologik muammolar, migratsiya va iqtisodiy beqarorlik nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo yoshlaridan ushbu muammolardan himoyalanishnigina emas, ularning yechimida faol ishtirokchiga aylanishni talab qilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” ni ta’sis etish hamda uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish tashabbusini ilgari surishi orqali yosh avlodning global muammolar yechimida faol ishtirokini ta’minlash bilan birga ularni ezgu maqsadlar atrofida birlashtirishga, dunyo hamjamiyati diqqatini tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda yoshlarning o‘rni va rolini kuchaytirish zaruratiga qaratdi.

Xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy qarshi olingan Davlatimiz rahbarining mazkur tashabbusi nafaqat mamlakatimizning tinchlikparvar siyosatini, balki uning yosh avlodga bag‘ishlayotgan yuksak e’tiborini yana bir bor namoyon etdi. Tinchlik va barqarorlik, jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, muloqot madaniyatini qaror toptirishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash — yoshlarni yuksak ma’naviyat va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratishni talab etadi.

         Ushbu tashabbusni amalga oshirish doirasidagi sa’y-harakatlar yosh avlodni tinchliksevar, mas’uliyatli va faol fuqaro sifatida shakllantirishda ular o‘rtasida tinchlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga yangi imkoniyatlarni yaratadi, turli millat va elat vakillari bo‘lgan yoshlarning do‘stona hamkorlikda, umumiy maqsad yo‘lida birlashishi, global muammolarga birgalikda yechim izlashi uchun mustahkam platformani shakllantiradi.

Ziyoda Akbarqulova,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat

markazi bosh mutaxassisi

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar