ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Yangi O‘zbekistonning yangicha qiyofasini, qat’iy pozitsiyasini namoyon etgan NUTQ

Yangi O‘zbekistonning yangicha qiyofasini, qat’iy pozitsiyasini namoyon etgan NUTQ

Yangi O‘zbekistonning yangicha qiyofasini, qat’iy pozitsiyasini namoyon etgan NUTQ
25-sentabr, 2025


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi nafaqat O‘zbekiston, balki jahon hamjamiyati uchun nihoyatda muhim va ahamiyati yuqori. Mazkur tarixiy voqelik dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalayotgan, ilg‘or tashabbuslari bilan e’tibor va e’tirofga sazovor bo‘layotgan Yangi O‘zbekistonning yangicha qiyofasini, o‘ziga xos pozitsiyasini namoyon etdi. E’tibor bersangiz, bildirilgan har bir fikr, g‘oya, tashabbusda avvalo inson, uning qadri, manfaati ustuvorlik qiladi. Ilgari surilgan takliflar barchani birdamlikka chorlash, tinchlikni saqlash, xalqaro miqyosdagi muammolarga hamjihatlikda adolatli yechimlar topish, xalqaro masalalarda muloqot platformalarini yaratishga qaratilgani bilan e’tiborli.

Prezidentimiz so‘zi avvalida Barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang holda, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy Yangi O‘zbekistonni barpo etishda  ochiq va pragmatik siyosat olib borilayotganini, bu borada ortga qaytmas islohotlar amalga oshirilayotganini, eng asosiy maqsad inson qadri va farovonligini oshirish ekanini qayd etdi. Barcha soha va yo‘nalishda qilingan ishlar, yangilik va o‘zgarishlarni aniq raqamlarda keltirib o‘tdi.

Zamonaviy jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlari oqimida yoshlar dunyoqarashi keskin o‘zgarmoqda. Qadriyatlarga, milliy urf-odalarga  munosabat o‘zgarmoqda. Insoniyat taqdiriga g‘oyaviy, ma’naviy va axloqiy tahdid kuchaymoqda. Ayni jihatlarni nazarda tutib, Prezidentimiz “Ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida. Yoshlarimizning qalbi va ongiga tinchlik, gimmanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi olijanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifamizdir”, — dedi. Ana shunday g‘oyaviy, axloqiy va ma’rifiy muammolardan kelib chiqib “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish, uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari surdi. Prezidentimiz g‘oyalariga ko‘ra, dunyo yoshlari diqqatini bir nuqtada jamlash, ularning aqliy, ijodiy va intellektual imkoniyatlarini insoniyat istiqboli va kelajagiga, uning saodatli hayotiga safarbar etishda O‘zbekiston tashabbuskor ekanligini ma’lum qildi.

Nutq so‘nggida Prezidetimiz buyuk ajdodlarimiz – mutafakkir allomalarning ma’naviy va ilmiy merosining taqdimotini Birlashgan Millatlar Tashkilotida o‘tkazish niyatini bildirdi.

Mamlakat liderining yubiley sessiyadagi nutqi davlatimizning dunyo  hamjamiyatidagi mavqei va nufuzini yana ham oshirdi. Jahonning eng faol davlati sifatidagi siyosiy irodasini, qat’iy pozitsiyasini ifoda etdi. 


BAHORA AHMEDOVA – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar