ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni

Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni

Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni
26-sentabr, 2025

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Qatagʻon qurbonlari - millat fidoyilari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Millat fidoyilari” kitob-albomi taqdimoti tashkil etildi.

Tadbirda avvalo ma’naviy qadriyatlarning hayotimizda tutgan o‘rni, insonni kamolotga yetaklaydigan ma’rifat yo‘li, vatanga sadoqat bilan xizmat qilishning muqaddas burch ekani haqida ma’ruzalar tinglandi. Milliy birdamlik va hamjihatlikning yurt taraqqiyotidagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

 Tadbir davomida Mudofaa vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Ajdodlar izidan harbiy-tarixiy jamiyati hamkorligida Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan 23 nafar qahramonlar haqida chop etilgan “Millat fidoyilari” kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Taqdimot jarayonida kitob-albom orqali aholiga yetkazish maqsad qilingan ruhiy-ma’naviy xulosalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi, kitobdan parchalar o‘qib eshittirildi. 

Shoira Zuhra Aliyeva o‘zining “Tinchlik” nomli she’ri orqali tadbirga she’riyatning samimiy nafasini kiritdi. Uning ifodali chiqishi zaldagi mehmonlarga ruhiy zavq va ma’naviy quvvat bag‘ishladi.
 

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar