ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Millat fidoyilari unutilmaydi

Millat fidoyilari unutilmaydi

Millat fidoyilari unutilmaydi
15-oktabr, 2025

Sharqiy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Millat fidoyilari” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, u yurtimizda Vatanga muhabbat, mardlik va fidoyilik g‘oyalarini targ‘ib etish yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning uzviy davomi sifatida e’tirof etildi.

“Millat fidoyilari” kitobi — O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Ajdodlar izidan” harbiy-tarixiy jamiyatining hamkorlikdagi tashabbusi asosida yaratilgan. Kitob-albom ko‘rinishida tayyorlangan ushbu nashrda milliy adabiyot namoyandalari tomonidan yozilgan vatanparvarlik ruhidagi she’rlar, shuningdek, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi rasmiy veb-saytida joylashtirilgan ma’lumotlarga yo‘naltirilgan QR-kodlar jamlangan bo‘lib, u kitobni adabiy-estetik va interaktiv-ma’lumotli jihatdan o‘ziga xos nashrga aylantiradi.

Tadbir davomida kitobning yaratilish bosqichlari, uning g‘oyaviy-badiiy mazmuni va yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ishtirokchilar Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizning ibratli hayoti va jasoratini yodga olib, ularning mangu xotirasini qadrlash har birimizning burchimiz ekanligini ta’kidladilar.

Ayniqsa, Farg‘ona viloyatida tug‘ilib, turli jangovar harakatlar vaqtida halok bo‘lgan besh nafar mard o‘g‘lonning nomi alohida hurmat bilan tilga olindi. Tadbir doirasida ularning yaqinlariga “Millat fidoyilari” kitobi hamda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlar qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir yakunida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari ijrosida Vatanni madh etuvchi she’rlar, shuningdek, harbiy orkestr tomonidan vatanparvarlik ruhidagi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Chiqishlar barchada chuqur taassurot uyg‘otib, tadbirga badiiy jilo bag‘ishladi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar