ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Davlat tili – milliy iftixor va kasbiy mas’uliyat mezoni

Davlat tili – milliy iftixor va kasbiy mas’uliyat mezoni

Davlat tili – milliy iftixor va kasbiy mas’uliyat mezoni
20-oktabr, 2025

Bugun Markazda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan “Davlat tili – milliy iftixor va kasbiy mas’uliyat mezoni” mavzusida seminar tashkil qilindi. Tadbirda Markaziy apparat xodimlari, zoom platformasi orqali viloyat bo‘lim va bo‘linmalari mutaxassislari ishtirok etdi. 
Seminarni “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, filologiya fanlari nomzodi - Rahimboy Jumaniyozov olib borarkan, so‘zi avvalida bugun mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeini oshirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. O‘z navbatida o‘zbek adabiy tilini saqlash hamda uni rivojlantirishni ta’minlaydigan faol, yaxlit til siyosati tobora takomillashib borayotganini qayd etdi.Shuningdek, ishtirokchilarga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, o‘zbek adabiy tili me’yor-qoidalari hamda davlat tilida ish yuritish, hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda ona tilimizning barcha asosiy qonuniyatlari, imlosi, tinish belgilari va uslubiy qoidalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Seminar ishtirokchilari bu borada amaliyotda hamon yechimini kutayotgan masalalarga e’tibor qaratdilar. Xususan, ko‘chalarda, reklama bannerlarida, savdo markazlarida ruscha yoki inglizcha yozuvlar ko‘pligi, ayrim davlat va xususiy tashkilotlarda ish yuritish hali ham to‘liq o‘zbek tilida emasligi, kundalik muloqotda o‘zbekcha iboralar o‘rniga aralash so‘zlar: ruscha, inglizcha so‘zlar ko‘proq qo‘llanilishi kabi holatlar haqida so‘z bordi.  Bu esa nafaqat qonunbuzarlik, balki tilga nisbatan loqaydlikning, bee’tiborlikning ko‘rinishi ekani aytildi. Bunday holatlarni oldini olish uchun jamiyatda estetik talab, huquqiy nazorat va eng muhimi, ma’naviy mas’uliyatni oshirish har jihatdan muhim.Ona tilimizga hurmat ko‘rsatish — faqatgina bayramlarda she’r o‘qish yo bo‘lmasa chiroyli nutq so‘zlash emas, balki har kuni o‘z o‘qish va ish joyimizda, oilada, ko‘cha-kuyda undan to‘g‘ri foydalanish, uning nufuzini oshirishga hissa qo‘shishdir. Bu hurmat milliy g‘ururni shakllantiradi, madaniyatimizni asrab qoladi. Shu bois har birimiz  o‘z tilimizni sof holda asrashimiz, sevishimiz va himoya qilishimiz shart. Faqat shundagina tilimiz jamiyatda haqiqiy davlat tili bo‘lib, nufuz va  mavqe jihatdan yuksalab boradi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar