
Xususan, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh Prokuratura, Bojxona qo‘mitasi, Milliy kutubxona, “O‘zkimyosanoat” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJ larda ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish bo‘yicha amalgan oshirilgan ishlar o‘rganildi.
Ishchi guruh o‘rganishlar davomida mazkur vazirlik va idoralarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullardan keng foydalanilyoatganiga, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullarning faoliyat tahliliga, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, tanlovlar, seminar-treninglar tashkil etishda o‘ziga xos tashabbus va yangicha yondashuvlar qo‘llanilayotganiga e’tibor qaratdi.


