
Markaz rahbari Otabek Xasanov Qoraqalpoq davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ullar, prorektorlar, ziyolilar, mahalla faollari va nuroniylar bilan muloqot qildi.
Muloqot mavzusi - yaqindagina yo'lga qo'yilgan "Maromiylik" loyihasini amalga oshirish, targ'ibotda hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib yondashish bo'ldi.
Loyiha doirasida o‘tkaziladigan seminar-treninglarni mazmunan boyitish, soha mutaxassislari bilan birgalikda real vaziyatlar keng tahlil qilinishi zarurligi aytildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari eshitildi.


