
Buxoro viloyatida to‘y, tantana va marosimlarni tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindiBuxoroda “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda tegishli tashkilotlar vakillari, ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas'ullar, olimlar, ziyolilar, mahalla faollari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat boshqarmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi Buxoro viloyati bo‘limi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.


