
Andijonda “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda tegishli tashkilotlar vakillari, ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas'ullar, olimlar, ziyolilar, mahalla faollari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyati bo‘limi, Oila va xotin qizlar Andijon viloyat bo‘limi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakili, Oqila ayollar jamiyati bilan hamkorlikda jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.


