
Avvallari bolalarga televizordagi axborot musiqasi ham qiziq boʻlardi. Bugungi kun bolasi esa umuman boshqa: u koʻrayotgan narsada koʻp ranglar, turli harakatlar va hayratlantiruvchi tovush boʻlishi kerak, boshqachasiga ularni diqqatini bir yerga jamlash imkonsiz.
Bu borada YouTube platformasi kattalarga yaxshi yordamchi vazifasini oʻtab, qoʻshimcha masʼuliyat ham yuklaydi. Farzandining kunlik hamrohi boʻlmish YouTube oʻz algoritmiga koʻra, eng koʻp koʻrilayotgan videolarni foyda yoki zararliligi, qaysi yoshdagilar uchun mosligidan qatʼi nazar, navbatdagi foydalanuvchiga ham taqdim qiladi.
Oʻrinli savol paydo boʻladi: Bolalarni YouTubeʼdagi negativ kontentlardan qanday himoyalash mumkin?


