ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Metroda kitobxonlar uchun  “Turon kitob bekati” tashkil qilindi

Metroda kitobxonlar uchun  “Turon kitob bekati” tashkil qilindi

Metroda kitobxonlar uchun  “Turon kitob bekati” tashkil qilindi
06-noyabr, 2025

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “TuronBank” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent metropoliteni hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida Alisher Navoiy va Paxtakor metro bekatlarining o‘tish qismida kitob javonlari o‘rnatildi.

Eng sara asarlar, shaxsiy rivojlanishga xizmat qiluvchi adabiyotlar, she’riy to‘plamlar, zamonaviy qo‘llanmalar bilan boyitilgan bu mutolaa bekati  yo‘lovchilar uchun yaxshi va qulay imkoniyatdir.

Har kuni minglab odamlar metro yo‘llarida vaqt o‘tkazadi: o‘ylab qarasak, u vaqt ko‘pincha – telefonga sarflanadi. Bu esa bizga rivojlanish uchun bo‘lgan imkoniyatni boy berish demakdir. Shu jihatdan, bu loyihani - «ekransiz vaqt» konsepsiyasi deyish ham mumkin.

Statistikaga ko‘ra: har kuni 30 daqiqa kitob o‘qish, stress darajasini pasaytiradi, diqqatni mustahkamlaydi va hayotga qarashni yaxshilaydi. Agar o‘rtacha metro yo‘li 30 daqiqani tashkil etsa, demak, yo‘limiz o‘qishga, rivojlanishga yo‘naltirilgan vaqtga aylanadi. Haftaning besh kuni bo‘yicha bu - taxminan 5 soatlik o‘z ustidan ishlash faoliyatiga aylanadi.

Kitoblar javoni faqat kitoblarning jamlanmasi emas, ular orqali fikr almashinuvi, dunyoqarashni boyitish uchun umumiy qimmatliklar muhiti shakllanadi. Shu tariqa, biz bilimlar almashinuvi va ma’naviy mas’uliyat hissiga asoslangan jamiyat barpo etamiz.

Bugungi davrda o‘zgarishlar, yangiliklar shiddati baland. Har sohada, har yo‘nalishda rivojlanish kuzailmoqda. Haqiqiy taraqqiyot - texnologiyalarda emas, balki fikrda, madaniyatda, shaxsiy o‘sishda. Bu tashabbus bizga shunday imkoniyatni taqdim etadi: axborot oqimlarida qadriyatlarimizdan uzoqlashmaslik, balki ularni kun tartibimizga kiritish.

Bu loyiha - shu ma’noda shaxsiy rivojlanishga, ma’naviy o‘sishga va har kuni ilm pillapoyalarida yuqorilashga xizmat qiladi.

Ma’lumot berilishicha, Loyiha doirasida metroning boshqa bekatlarida ham kitob javonlari o‘rnatish ko‘zda tutilgan bo‘lib, kitob javonlari muntazam yangi-yangi nashrlar bilan boyitib boriladi.

Ushbu kichik kutubxonalar bilimlar xazinasiga olib kiruvchi katta eshikka aylansin. Metro yo‘li har birimiz uchun faqat jo‘nalish emas, balki shaxsiy o‘sishga yo‘l bo‘lsin!

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar