
BRIFINGXalqimizni yagona maqsad yo‘lida birlashtirishda, ezgu orzu va intilishlarga ilhomlantirishda, har qalbda milliy g‘urur, vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda davlat ramzlarining o‘rni beqiyos.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida o‘tkaziladi. Ushbu sanini milliy birlik, hamjihatlik, yuksak vatanparvarlik tantanasi sifatida butun mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallari uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Bir bayroq ostida” respublika estafetasi tadbirlari o‘tkaziladi.
Bayroq estafetasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridan Toshkent shahrigacha bo‘lgan masofa bo‘ylab bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tashabbus orqali xalqimizning birdamligi, hamjihatligi va Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi namoyon etiladi.
Bayroq estafetasi joriy yilning 8-18 noyabr kunlari mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, uch yo‘nalishda poytaxt tomon harakatlanadi.
Birinchi, G‘arbiy yo‘nalish – 8 noyabr kuni bayroq estafetasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoqdan boshlanib, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari orqali
Ikkinchi, Janubiy yo‘nalish – bayroq 9 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyodan boshlanib, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari orqali
hamda
Uchinchi, Sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 10 noyabr kuni estafeta Andijon viloyati Xonoboddan boshlanib, Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyati orqali Toshkent shahriga yetib keladi.
Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lga tushgan bayroqlarni hududdan hududga o‘tkazish qo‘ldan qo‘lga topshirish orqali tantanali tarzda amalga oshiriladi, ular 18 noyabr kuni soat 17-00 da Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” maydonida yagona bayroq ostida birlashadi.
Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan asosiy tadbir 18 noyabr kuni soat 17-00 da “Xalqlar do‘stligi” saroyi maydonida boshlanadi.
Bayroq estafetasi doirasida tantanali tadbirlar ziyolilar, olimlar, shoirlar, adabiyotshunoslar, san’at va madaniyat namoyondalari, sportchilar, harbiylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida 14 ta hududdagi Yangi O‘zbekistonning diqqatga sazovor lokatsiyalari bo‘ylab o‘tkaziladi.
Sana munosabati bilan hududlardagi madaniyat va san’at maskanlari, harbiy qismlar, korxona, tashkilotlar, eng chekka, olis va chegara hududlar, mahalla, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inlarida madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etiladi.
Aholi gavjum joylar, markaziy maydonlar va madaniy maskanlarda bayram konsertlari hamda o‘ziga xos fleshmoblar o‘tkaziladi.
Barchangizni ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!


