ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Davlat bayrog'i — milliy g‘ururimiz ramzi

Davlat bayrog'i — milliy g‘ururimiz ramzi

Davlat bayrog'i — milliy g‘ururimiz ramzi
14-noyabr, 2025

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i — bu xalqimizning asriy orzulari, milliy g‘ururi, tarixiy xotirasi va bugungi mustaqil hayotining yorqin ramzidir. Har gal ko‘k, oq va yashil ranglar uyg‘unligida hilpiragan bayrog‘imizni ko‘rganimizda, yuragimizda faxr, g‘urur, sadoqat va mehr tuyg‘ulari uyg‘onadi.

Ana shunday yuksak ruhni tarannum etgan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostidagi “Bir bayroq” estafetasi mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yoymoqda. Estafetaning navbatdagi manzili Qoraqalpoq zamini bo‘ldi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, Xo‘jayli va Shumanay tumanlari bo‘ylab o‘tgan estafetada davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar, o‘qituvchilar, faol yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bu safar — nafaqat bayroqni qo‘ldan-qo‘lga topshirish, balki yurakdan-yurakka iftixor va sadoqat tuyg‘usini yetkazish safaridir. Har bir ishtirokchi bu bayroqni baland ko‘tarar ekan, ko‘zlarida yurtga mehr, ko‘nglida Vatanga sadoqat porlab turardi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, undagi rang va ramzlarning chuqur ma’nosi haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Eslatib o‘tamiz, “Bir bayroq” estafetasi mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda. Har bir tuman, har bir shahar, har bir yurak bu bayroq ostida birlashmoqda. Chunki, bizni yagona g‘oya, yagona maqsad, yagona Vatan birlashtiradi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar