ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Bayroq estafetasi Surxondaryodan Qashqadaryoga topshirildi

Bayroq estafetasi Surxondaryodan Qashqadaryoga topshirildi

Bayroq estafetasi Surxondaryodan Qashqadaryoga topshirildi
14-noyabr, 2025

Davlat ramzlari — millatning sha’ni, g‘ururi va tarixiy xotirasining yorqin ifodasidir. Mustaqilligimiz, xalqimiz birligi va yurtimiz qudratini ifodalovchi muqaddas timsol bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i yurtimiz osmonida hamda xalqaro maydonlarda ulug‘vor hilpirashi, ayniqsa qalbga o‘zgacha faxr bag‘ishlaydi.  

Joriy yilda Davlat bayrog‘imiz qabul qilinganining 34 yilligi keng nishonlanmoqda.  

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida “Bir bayroq ostida” respublika estafetasi start oldi. Ushbu tashabbus orqali xalqimizning birdamligi, hamjihatligi va vatan ravnaqi yo‘lida fidoyiligi namoyon bo‘lmoqda.

Estafeta Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyati chegara tumanlarida start oldi. Surxondaryo viloyatidagi tadbir “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida Sariosiyo tumanining mashhur Sangardak sharsharasi yonida boshlandi.

Yoshlar, sportchilar va mas’ullar ishtirokida uzunligi 30 metr bo‘lgan ramziy bayroq Sangardak qishlog‘ining tog‘lar bag‘ridan o‘tuvchi yo‘l bo‘ylab olib yurildi. Bayroq  mas’ullar tomonidan Sangardak sanatoriysiga olib kelindi.  

Shundan so‘ng, estafeta ishtirokchilari bayroqni Sariosiyo tumanidan Denov tumaniga olib o‘tdi. Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik, tinchlik va mardlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bayramona ruhdagi estafeta Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ishtirokida davom etdi. Talaba-sportchilar tomonidan milliy kurash bo‘yicha chiqishlar namoyish etildi. Shundan so‘ng, bayroqdorlar va avtokarvon viloyatning deyarli barcha tumanlaridan o‘tib, respublika estafetasini Qashqadaryo viloyatiga topshirdi.

Surxondaryoning go‘zal maskanlaridan biri — Sangardak turizm maskanidan boshlangan ramziy bayroq estafetasi 18 noyabrga qadar viloyatlardan o‘tib, Respublika markazigacha olib boriladi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar