
Markaz rahbari Otabek Hasanov Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida bo’lib, "Ittifoq", "Samandarak", "Qirqvolida" mahallalari faollari, nuroniylar va yoshlar bilan uchrashdi. Muloqot mavzusi - "Maromiylik" loyihasi doirasida birgalikda amalga oshiriladigan ishlar bo’ldi.
Quvonarlisi, ushbu hududda har narsada marom va me’yorni bilgan, farzandlarni ilmli qilishni ortiqcha xoyu havasdan ustun qo’yuvchi yurtdoshlarimiz ko‘p ekan. Ularning bu boradagi ibratli fikr-mulohazalari, qarashlari, hayotiy tajribalari, hayotiy misollari targ‘ibotda muhimligi aytildi.
Yana bir yangilik: "Samandarak" mahallasiga kutubxona zarurligi haqidagi takliflardan kelib chiqib, bir mo‘jazgina kutubxona qurilishini boshlagandi. Hozir bino ishga tushgan, endi kitoblar sonini oshirish, mutolaa uchun qulay sharoit yaratish zarur. Bu borada yoshlar yetakchilari o’z takliflar ini berdilar.


