ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Milliy qadriyatlar va ma’naviy merosning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni

Milliy qadriyatlar va ma’naviy merosning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni

Milliy qadriyatlar va ma’naviy merosning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni
21-noyabr, 2025

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Milliy qadriyatlar va ma’naviy merosning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Unda professor-o‘qituvchilar va amaliyotchi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, doktorantlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Konferensiyada bugungi globallashuv jarayonlari jadal kechayotgan, axborot maydoni kengayib, dunyoqarashlar torayib borayotgan bir davrda har bir xalqning o‘z milliy qadriyatlariga tayana olishi uning ma’naviy mustaqilligi va milliy yuzini saqlab qolishning eng muhim kafolati ekani ta’kidlandi. Zero, millatning qudrati nafaqat iqtisodiy yoki siyosiy soha yutuqlarida, balki uning ma’naviy olami, qadriyatlari, madaniyati va tarixiy xotirasining tirikligida namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, ularni zamon talablariga mos ravishda asrab-avaylash va rivojlantirish masalasi har doim dolzarb bo‘lib kelgan.

Jamiyatda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’naviy bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun ma’naviy sohada olib boriladigan tadqiqotlarni kuchaytirish zarurligi, bu kabi ilmiy konferensiyalar shu jihatdan amaliy ahamiyatga ega ekani aytildi.  

E’tirof etilganidek, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosni yoshlarga singdirish, milliy o‘zlik tuyg‘usini paydo qilish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish uchun ma’naviyat sohasidagi ilmiy tadqiqotlar dolzarb ahamiyatga ega. Bu mavzuda qilingan tadqiqotlar amaliyotga tatbiq etilishi anjumanning asosiy yutug‘i bo‘lishi shubhasiz.

Mazkur ilmiy-amaliy anjuman milliy qadriyatlarning tarixiy va falsafiy ildizlari, ma’naviy merosning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida milliy o‘zlikni yuksaltirish texnologiyalari, milliy qadriyatlarga asoslangan taraqqiyot omillari, ma’naviy meros targ‘ibotining metodologik asoslari kabi ilmiy muammolar tahliliga bag‘ishlandi.

Konferensiyada milliy kontentda qadriyatlarni targ‘ib qilish masalalari bugungi kundagi milliy va ma’naviy muhit bilan bog‘langan tarzda muhokama etildi.  

Anjumanning munozaralar qismi qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.  

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar