ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. “Bir bayroq ostida” estafetasi qalblarga g‘urur bag‘ishladi

“Bir bayroq ostida” estafetasi qalblarga g‘urur bag‘ishladi

“Bir bayroq ostida” estafetasi qalblarga g‘urur bag‘ishladi
21-noyabr, 2025

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganining 34 yilligi "Bir Vatan, bir el, bir bayroq!" shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab milliy birlik, hamjihatlik, yuksak vatanparvarlik tantanasi sifatida keng nishonlanmoqda.

Ma’lumki,  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qator tashkilotlar hamkorligida joriy yilning 8-18 noyabr kunlari  “Bir bayroq ostida” respublika estafetasi tadbirlari o‘tkazildi.  

Ramziy bayroq 8  noyabrdan boshlab yurtimizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, uch yo‘nalishda poytaxt tomon harakatlandi.

Birinchi, g‘arbiy yo‘nalish – 8 noyabr kuni bayroq estafetasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoqdan boshlanib Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari orqali yurgan bo‘lsa,  ikkinchi, janubiy yo‘nalish – bayroq estafetasi 8 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyodan boshlanib Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari orqali hamda uchinchi, sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 10 noyabr kuni estafeta  Andijon viloyati Xonoboddan boshlanib, Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlaridan olib o‘tilib, Toshkent shahriga yetib keldi.

Quvonarlisi, barcha hududlarda estafeta safi ko‘zlarida, shahdida, harakatlarida milliy g‘urur aks etgan yurtdoshlarimiz bilan kengayib bordi. Mazkur tashabbus tom ma’noda barchani birlashtirib, umummilliy harakatga aylandi.    

Uch yo‘nalishdan kelgan ramziy bayroqlar harbiylar, ziyolilar, madaniyat namoyondalari, sportchilar va  yetakchi yoshlar ishtirokida tantanali ravishda kutib olindi. Ramziy bayroq Bektemir tumani “Rohat” posti, Mirzo Ulug‘bek tumani “Yangi O‘zbekiston” bog‘i majmuasi,  Chilonzor tumani “Erkin” posti hamda Yangi O‘zbekistonning yangi manzillaridan o‘tib,  Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” maydoniga uchta tomondan kirib keldi va yagona bayroq ostida birlashdi.  

Darhaqiqat, millat bayrog‘ini sharaflashga bag‘ishlangan estafeta mamlakatimizning necha minglab kilometrlik hududidan olib o‘tildi. Ushbu loyiha tom ma’noda umummilliy bayramga aylandi. Hamyurtlarimizni yagona ezgu maqsad yo‘lida birlashtirdi.  

Keng jamoatchilik vakillari, ziyolilar, olimlar, shoirlar, adabiyotshunoslar, san’at va madaniyat namoyondalari, sportchilar, harbiylar, yoshlar bilan gavjum maydonda katta bayram dasturi tashkil qilindi.  

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov davlat ramzlarining tarixiy, ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr bildirar ekan, estafeta loyihasi xalqimizni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish, ezgu orzu va intilishlarga ilhomlantirish, qalblarda milliy g‘urur, vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilganini ta’kidladi.  

Tadbir san’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokidagi gala-konsert  bilan davom etdi. Vatanparvarlik, milliy g‘urur, birdamlik haqidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat, bayramona shukuh bag‘ishladi.  

Tadbirga dronlar shousi ajoyib yakun yasadi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar