
Xabaringiz bor, qator tashkilotlar hamkorligida jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish, isrofgarchilikni oldini olish, to‘ylar, ma’raka va oilaviy marosimlarni ixcham, kamxarj va milliy qadriyatlarga mos tarzda o'tkazish keng targ’ib qilishga “Maromiylik” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Bugun loyiha doirasida ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlarini tashkil etish bo’yicha o'quv trening tashkil qilindi. Markaz xodimlari ishtirok etgan seminarda to‘y marosimlarini ixcham o'tkazishda yoshlarning fikr va qarashlari muhimligi ta’kidlanib, dabdaba va isrofgarchilikning ijtimoiy-psixologik oqibatlarini tushuntirishda yoshlarga xos yondashuv va hayotiy misollarga asoslanish zarurligi aytildi.
Trening davomida ishtirokchi yoshlar o’z fikrlari, targ’ibot bo’yicha takliflarini bildirib o’tdilar.


