
Andijon viloyatida “Maromiylik” loyihasi o’z ishini boshladi. Seminar-treninglar Andijon davlat chet tillari institutida yalpi yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishni Andijon viloyati bo’limi raisi Nuroniylar jamiyati O’ktam Axunov, Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Komiljon Komilov, “Ma’rifat” Targ’ibotchilar jamiyati raisi, Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD Baxtiyor Xusanovlar kirish so'z bilan ochib berdi.
Aytilganidek, oxirgi yillarda jamiyatda ortiqcha isrofgarchilik, dabdababozlik, shuhratparastlik va me’yorni saqlamaslik kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda. Xususan, oilaviy tadbirlar, to‘y va marosimlarning haddan tashqari dabdabali o‘tkazilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazib, milliy qadriyatlarimizga zid kayfiyatlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur muammolarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda “maromiylik” tamoyillariga asoslangan hayot tarzini qaror toptirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Bu dastur — xalqimiz orasida ixchamlik, kamtarlik va shukronalik madaniyatini mustahkamlash, to‘y va ma’rakalarni milliy qadriyatlarimizga mos ravishda, ortiqcha dabdabadan xoli holda o‘tkazishni odatga aylantirish, shu bilan birga, oilalarning ortiqcha qarzdorlikka botishiga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarni moliyaviy savodxonlikka o‘rgatish, to‘y va ma’rakalarni ixcham, samimiy va mazmunli o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda “Ixchamlik — bu madaniyat” g‘oyasini keng targ‘ib etish kabi maqsadlarga qaratilgani bilan e’tiborli.
Loyiha doirasida davlat xizmatchilari va ijtimoiy soha vakillari uchun “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.


