ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Maromiylik madaniyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar Qashqadaryoda davom etmoqda

Maromiylik madaniyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar Qashqadaryoda davom etmoqda

Maromiylik madaniyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar Qashqadaryoda davom etmoqda
02-dekabr, 2025

Bugun jamiyatda og‘riqli masalalardan biri - ortiqcha isrofgarchilik, dabdababozlik, shuhratparastlik va me’yorni saqlamaslik kabi salbiy holatlar. Aniqrog‘i, oilaviy tadbirlar, to‘y va marosimlarning haddan tashqari dabdabali o‘tkazilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazib, milliy qadriyatlarimizga zid kayfiyatlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Ayni muammolarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar hamkorligida jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgandi. Unga ko‘ra,  targ‘ibot ishlarida dolzarb 90 kunlik belgilab olingandi. Shundan kelib chiqib hududlarda “Maromiylik” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Mahalla faollari, faol yoshlar vakillari, nuroniylar va ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ullar ishtirokida yalpi majlis hamda o‘quv treninglari tashkil qilinmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagi manzili – Qashqadaryo viloyati.

Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskanida bo‘lib o‘tgan yalpi yig‘ilishda so‘z olganlar jamiyatda aynan maromiylik madaniyatini keng targ‘ib etish orqali fuqarolarda me’yorni saqlash, ortiqcha isrofgarchilikdan tiyilish, shukronalik va bag‘rikenglik kabi yuksak insoniy fazilatlarni hayot mezoniga aylantirish, natijada jamiyatda totuvlik, hamjihatlik va ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga erishish mumkinligini ta’kidlashdi.  

Loyiha doirasida kun davomida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusidagi seminar-trening o‘tkaziladi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar