
“Maromiylik” loyihasi doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Ushbu yo‘nalishda psixolog Gulbahor Azimova tomonidan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida mashg‘ulotlar noodatiy formatda olib borilib, hayotiy misollar, amaliy keyslar hamda loyihaning mazmun-mohiyatini chuqurroq yoritishga xizmat qiluvchi savol-javoblar bilan boyitildi.


